O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan ertaga, 29-avgust kuni, soat 17:00dan boshlab Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasi ochiq amfiteatr maydonida bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan galakonsert dasturi namoyish etiladi.
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram konsert dasturida Poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar hamda vohamizning xushovoz xonandalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.
Konsert dasturi tomoshalariga kirish bepul!
Ma’lumot uchun, “San’at saroyi” majmuasi hududidagi “Alpomish” amfiteatrida o‘tkaziladigan viloyatning asosiy bayram tadbirlari “Surxondaryo” teleradiokanalining jonli efirlarida namoyish etiladi.