O‘zbekiston Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust va 1-3-sentabr kunlari barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2024/2025-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yil 4-sentabrdan (chorshanba kuni) boshlanadi.