-yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
-elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
-ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
-ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
-shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
-ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
-buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
-kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
Shu o‘rinda, avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etadi.