DIQQAT E'LON
Joriy yilning 2-avgust kuni Sangardak turizm qishlog‘ida “Ichki turizm yarmarkasi” bo‘lib o‘tadi.
Bundan ko‘zlangan maqsad:
turoperator va turagentlarni isteʼmolchilarga tanitish;
ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona, tashkilotlar hamkorligida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida uchrashuvlar tashkillashtirish;
Tadbir doirasida viloyatdagi hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil qilinadi.
Tadbirda ishtirok etish bepul.
Barchangizni mazkur yarmarka va forumda chorlab qolamiz!