Sariosiyo tumani hokimligi-“Jamoatchilik nazorati” orqali o‘z loyihalaringiz ijrosini nazorat qilish imkoniyatidan xabardormisiz?
...
07.01.2023
133 marta o'qildi

Gʻolib loyihalarni amalga oshirilishi tashabbuskorlar tomonidan “Ochiq byudjet” portalida “Jamoatchilik nazorati” bo‘limi orqali baholab boriladi.

Bunda, loyiha mualliflari bajarilgan ishlar holatidan kelib chiqib, loyihalarga “Yashil”, “Sariq” va “Qizil” belgi qo‘yishlari hamda o‘z fikrlarini qoldirishlari mumkin.
“Yashil”- loyiha doirasida ishlar to‘liq va sifatli amalga oshirilganligini;
“Sariq”- loyiha doirasida ishlar boshlanganligi hamda davom etayotganligini;
“Qizil”- loyiha doirasida ishlar hali boshlanmaganligini yoki ishlar sifatsiz amalga oshirilganligini bildiradi.

 Loyihalarga “Qizil” belgi qo‘yilganda ushbu loyiha ijrosi ustidan alohida nazorat o‘rnatilib, loyiha ijrosi ma’sullar tomonidan monitoring qilinadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?