Joriy yilning 24-25-avgust kunlari mahalla obod yurt obod shiori ostida mamlakatimizda xayriya hashari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan sizlardan yurtimiz bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etib, xonadoningiz, mahallangiz, tumanimiz qolaversa yurtimiz obodligiga o‘z hissangizni qo‘shishingizga chorlab qolamiz.
Bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy xislatlaridan sanaladi. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi.