Xabar berilganidek, 2022-2023-o‘quv yili yakunida viloyatimizdagi 429 ta maktabni joriy ta’mirlash uchun 7 turdagi qurilish mahsulotlari xaridiga mahalliy budjetdan 11 mlrd. 195 million so‘m mablag‘ ajratilib, o‘quv binolari joriy ta’mirlandi.
Joriy 2023-2024-o‘quv yili yakunida ham maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash va ta’mirlash uchun davlatimiz tomonidan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ayni kunlarda ta’mirga muhtoj maktablar, ularga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hamda zarur qurilish materiallari miqdorini aniqlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli, Sizlardan joylarda maktab ma’muriyatlari tomonidan o‘quv xonalari ta’miri uchun pul so‘rash, mablag‘ yig‘ish holatlaridan xabardor bo‘lsangiz Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishonch telefoni +99876-227-35-45 hamda @svmmtb_bot murojaatlar boti orqali mas’ullarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.