O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-avgustda “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2201-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi va 2024-yil 28-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonunlari qabul qilindi.
Mazkur qonunlar bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda shaxsni o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik qurolini ixtiyoriy ravishda topshirganda ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilandi.
Hurmatli fuqarolar, agar sizning qonunga xilof egaligingizda pnevmatik qurollar bo‘lsa ixtiyoriy ravishda Sariosiyo tuman IIBga topshirishingizni so‘rab qolamiz. Aks holda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishingizga asos bo‘lishi haqida ma’lum qilinadi.