DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali “Sariosiyotumangaz” gaz bo‘limi ma’lum qiladi.
Alisher Navoiy hududidan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli d-273 mm 550 p/m gaz quvurini yer ustiga chiqarish uchun, 2024-yilda gi d-219 mm gaz quvurini foydalanishga qabul qilib yer usti gaz tarmog‘iga ulash uchun Sharg‘un AGRSdan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi:
-Alisher Navoiy;
-Aeroport;
-Lutfkor;
-Mirzo Ulug‘bek;
-Sa’diy Sheroziy mahallalaridagi 1532 ta aholi xonadonlari hamda 35 ta ulgurji iste’molchilariga 2024-yil 15-may kuni soat 08-00 dan 2024-yil 17-may kuni soat 18-00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatildi.
Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Sariosiyotumangaz” bo‘limi ta‘mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.