...
12.07.2024
85 marta o'qildi

“Hududgaz Surxondaryo” GTFning 2024-yil 10-iyun kunidagi 203-sonli telefonogrammasiga asosan “Hududgaz Surxondaryo” GTF “Sariosiyo tumangaz” GTB shuni ma’lum qiladiki “Sharg‘un AGRS”da ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 2024-yil 12-iyul kuni soat 08-00 dan 2024-yil 13-iyul kuni soat 16-00 gacha “Sharg‘un AGRS” dan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi

Shahriobod;

Yoqutlibog‘;

Mehr-shavqat;

Aeroport;

Lutifkor;

Alisher Navoiy;

Sa’diy Sheroziy;

Mirzo Ulug‘bek;

Yangihayot;

Gulobod;

Afrosiyob;

Sharq yulduzi;

Xalqobod;

Lochin;

Jannatmakon;

Niloba;

Hulkar;

Konchilar;

Feruz;

Ma’dankon,

Bog‘ishamol mahallalaridagi 9682 ta aholi xonadonlari va 155 ta ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi haqida ma’lum qilinadi.

 

Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.

 

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

 

“Sariosiyotumangaz” bo‘limi ta‘mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?