Sharg'un shahar hududidagi d-159 mmli yer usti yuqori bosimli gaz quvurlarida ta'mirlash ishlarini bajarish uchun Sharg'un AGRSdan tabiiy gaz bilan ta'minlanuvchi:
- Xalqobod;
- Niloba;
- Lochin;
- Jannatmakon;
- Hulkar;
- Konchilar;
- Feruz;
- Ma'dankon;
- Bog'ishamol mahallalaridagi 3282 ta aholi xonadonlari hamda 35 ta ulgurji iste'molchilariga 2024-yil 28-mart kuni soat 09-00 dan 16-00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti to'xtatildi.
-- Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Sariosiyo tumangaz" bo‘limi ta‘mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.