Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ""Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi" tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2023-yil 24-noyabrdagi 620-son qaroriga asosan yongʻin 2024-yil oktabr–dekabr oylarida tanlov oʻtkaziladi.
tanlov yongʻin chiqish xavfi boʻyicha 1-guruhga mansub obyektlarga ega respublikadagi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladi;
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar "tanlov-fvv.uz" (http://tanlov-fvv.uz/) domeni yordamida "One ID" orqali tanlov platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim;
tanlovda ishtirok etish bepul;
tadbirkorlik subyektiga qarashli obyektda soʻnggi 12 oy davomida yongʻin sodir boʻlgan boʻlsa, yongʻin xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida davlat yongʻin nazorati organining yozma koʻrsatmasi yoxud obyekt yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosasi berilgan boʻlsa tanlovda ishtirok etish uchun arizasi qabul qilinmaydi;
tanlovda gʻolib deb topilgan nomzod 100 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda uning faoliyati tanlov natijalari rasmiy eʼlon qilingan kunidan keyingi ikki yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar va tanlov materiallari arizalari "tanlov-fvv.uz" (http://tanlov-fvv.uz/) domeni yordamida "One ID" orqali 2024-yil 10-sentabrdan 30-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.