“Hududgaz Surxondaryo” GTFning 2024-yil 11-sentabr kunidagi 31-01-05-232/334-sonli telefonogrammasiga asosan, Sariosiyo tumangaz bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Sariosiyo tumani Shahriobod mahallasi hududidagi RDUK-100 rusumli 9-12/26yu raqamli, Xalqobod mahallasi hududidagi RDUK-100 rusumli 9-13/26yu raqamli, Yangihayot mahallasi hududidagi RDUK-80 rusumli 9-10/26yu raqamli va RDUK-50 rusumli 9-12/10-11yu raqamli jami 5 dona yuqori bosimli GTQlarida texnik nosozlik kuzatilganligi sababli, Sharg‘un GRS orqali ta’minlanuvchi aholi tarmoqda 21 ta mahalladagi 8682 ta aholi xonadonlariga va 125 ta ulgurji iste’molchilari hamda aholi tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan 2 ta “AGNSK”larga tabiiy gaz ta’minoti 2024-yil 12-sentabr kuni soat 08-00 dan 2024-yil 13-sentabr kuni soat 17-00 gacha vaqtincha to‘liq to‘xtatilishi haqida ma’lum qilinadi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Sariosiyo tumangaz” bo‘limi ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.