Ertaga, 8-iyul kuni “To‘palang suv omborida ehtimoliy suv toshqini va favqulodda holatlar sodir bo‘lganda, aholini vaqtincha xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish uchun qulay hududni belgilash” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu, maxsus-taktik o‘quv mashqiga tumanning Sebzor va Bog‘iston mahallasidagi aholi jalb qilinadi.
Shunga ko‘ra, tumanimiz aholisi va mehmonlarini maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqtida aholi orasida sarosima uyg‘otmasliklarini so‘raymiz.