Sariosiyo tumani hokimligi-Bugundan uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi
...
15.05.2024
151 marta o'qildi

Prezident Farmoniga (https://lex.uz/ru/docs/6906830) muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:

 

  • subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yil 15-maydan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi;
  •  
  • 2024-yilgi dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi;
  •  
  • birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.
  •  
  • Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborish mumkin.
  •  

! Murojaatchi my.gov.uz portalining «Mening arizalarim» bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?