Davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.
2016 yil 2 sentyabr kuni, 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi, 3 sentyabrda Samarqand shahrida dafn etildi.