Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tashkil etilgan kun
...
02.02.2024
93 marta o'qildi

Bugun – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tashkil etilgan kun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) Prezidentning 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni bilan tashkil etilgan.

Agentlik O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari axborot sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilot va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?