Agar ta’til e’lon qilingunga qadar to‘lovlar to‘langan bo‘lsa, unda keyingi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida ta’til kunlari uchun to‘langan badal summasi hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi oyning to‘lov summasidan ayrilib tashlanadi.
Agar kelmagan kunlar uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan joriy to‘lov miqdori bola kelmagan kunlari hisobidan kamaytiriladi.