Ertaga 22-oktabr kuni soat 09-00 da Sariosiyo tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida tuman prokuraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etiladi.
Ushbu yarmarkada, mehnatga layoqatli ishsizlar, jumladan, yoshlar, xotin-qizlar, mehnat migranti va bitiruvchilar taklif etiladi.
O‘tkaziladigan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan 20 dan salohiyatli korxona va tashkilotlar o‘zlarining 400 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashadi.