XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMAN KENGASHINING OLTMISH YETTINCHI SESSIYASI
KUN TARTIBI
1. 2024-yilning I choragida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish borasida sektorlar rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
(Ma’ruzachilar: sektor rahbarlari – A.Donayev, B.Oltibayev, M.Amonto‘rayev, G.Samiyeva)
2. Tumanda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
(Ma’ruzachilar: Sariosiyo tuman Elektr ta’minoti (R.Nabiyev), Sariosiyo tuman gaz bo‘limi (F.Sayriddinov), Sariosiyo tuman suv ta’minoti bo‘limi (A.Nazarov), Sariosiyo tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi (M.Raxmatullayev)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-sonli hamda 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5-son Farmonlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Sariosiyo tuman maishiy chiqindi poligoni rahbari - S.Qosimov)
4. Sariosiyo tumani aholisini, ijtimoiy soha obyektlarini va iqtisodiyot tarmoqlarini 2024-2025 yillarda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida.
5. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 14-fevraldagi VI-63-21-8-116-K/24-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 13-may VI-66-48-8-116-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 13-apreldagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi KQ-710-IV-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida.
8. Boshqa masalalar.