XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMAN KENGASHINING YETMISHINCHI SESSIYASI KUN TARTIBI
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi T.Mirzayev)
2. Sariosiyo tumani ma’muriy-hududiy chegarasini belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi yer tuzish va kompleks loyihalash bo‘limi boshlig‘i Xo‘jamurotov Fozil San’atmo‘minovich)
3. Sharg‘un shahar ma’muriy-hududiy chegarasini belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi yer tuzish va kompleks loyihalash bo‘limi boshlig‘i Xo‘jamurotov Fozil San’atmo‘minovich)
4. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-apreldagi 10-sonli majlisi bayonnomasida keltirilgan vazifalar ijrosini bajarish yuzasidan Sariosiyo tumanida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlarni O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi deputatlik guruhi tomonidan o‘rganilishi haqida.
(Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)
5. Sariosiyo tumani mahalliy budjetining 2024-yil 1-2 chorak yakuniga ko‘ra yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
(Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)
6. Tuman hokimining sessiyalar oralig‘idagi qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
7.Boshqa masalalar.