XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMAN KENGASHINING OLTMISH BESHINCHI SESSIYASI
KUN TARTIBI
2024-yil 28-mart Soat: 15-00 da
1. Sariosiyo tumanini ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
(Ma’ruzachilar: sektor rahbarlari – A.Donayev, B.Oltibayev, M.Amonto‘rayev, G.Samiyeva)
2. Tumanda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari to‘g‘risida.
(Ma’ruzachilar: sektor rahbarlari – A.Donayev, B.Oltibayev, M.Amonto‘rayev, G.Samiyeva)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori yuzasidan “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tumanda oilaviy ajrimlarni oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, shuningdek, ayollarning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: tuman hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova)
4. Tumanni ijtimoiy va infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: tuman Elektr ta’minoti korxonasi rahbari Nabiyev Rahmiddin Yormuhammedovich)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi "2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-5863-sonli farmonining 8-bandiga asosan sohada amalga oshirib borilayotgan ishlar hamda tumanda “Yashil bog‘lar”ni tashkil etish yuzasidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i – X.Usmonov)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari - Turdiyev Ravshan)
7. O‘zbekiston “Adolat” SDP Sariosiyo tuman Kengashi deputatlik guruhi tomonidan “Salomatlik yo‘lida birlashaylik” loyihasi yuzasidan tumanda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi (tez tibbiy yordam, patranaj xizmati, oilaviy poliklinika va QVPlar faoliyati) bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish natijalari to‘g‘risida.
(Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)