Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-953-son, 04.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. (https://t.me/huquqiyaxborot/16476)
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, saylov komissiyasining yoki referendum o‘tkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi