...
20.12.2022
399 marta o'qildi

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada barcha maktab o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqaning:
sektor va tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 23-26 dekabr kunlari;
viloyat bosqichi 27 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Musobaqada ishtirok etish uchun @HokimKubogiBot botidan ro‘yxatdan o‘ting va kubok musobaqalarida ishtirok eting.

Batafsil ma’lumot uchun Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin!



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?