Sariosiyo tumani hokimligi-Aziz va muhtarama opa-singillar “Yil ayoli” milliy tanloviga marhamat!
...
22.10.2024
32 marta o'qildi

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovini e’lon qiladi!

 

Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

 

Tanlov joriy yilning 29-oktabr kuni Sariosiyo tumani Madaniyat markazida soat 10:00 da bo'lib o'tadi.

 

Tanlovga 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan hamda yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?