Mamlakatimizdagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta‘sis etilgan.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralashning tuman bosqichi joriy yilning 30-oktabr kuni Sariosiyo tumani Madaniyat markazida soat 10:00 da o‘tkaziladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash, kreativ va rivojlangan tashabbuslarni ilgari suruvchi, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qo‘ya oladigan, bilim va salohiyatini mamlakat rivojiga safarbar etadigan o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, ibratli xulq-odobi, noyob iste’dodi, yetakchiligi bilan ajralib turadigan xotin-qizlar orasidan tanlab olinadi.
Barcha ishtirokchilar va nomzodlarni tadbirga chorlab qolamiz!