2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Davlat dasturi loyihasi jami 309 ta banddan iborat:
1 yo‘nalish — 22 ta band;
2 yo‘nalish — 18 ta band;
3 yo‘nalish — 113 ta band;
4 yo‘nalish — 82 ta band;
5 yo‘nalish — 21 ta band;
6 yo‘nalish — 30 ta band;
7 yo‘nalish — 23 ta band.
Farmon loyihasi muhokamasi 2023 yil 17 fevral kuniga qadar davom etadi.
Hurmatli yurtdoshlar! Unutmang, siz tomoningizdan bildirilgan taklif va tashabbuslar 2023 yilgi Davlat dasturida belgilanadigan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.