Sariosiyo tumani hokimligi- 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
...
09.03.2024
102 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan, "Navro‘z" umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida joriy yil 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

"Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:

➖ mahallalar;
➖ aholi yashash xonadonlari;
➖ ko‘p qavatli uy atroflari;
➖ guzar va xiyobonlar;
➖ ziyoratgoh va qabristonlar;
➖ ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, xayriya hasharida "Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam" shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekiladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?