Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i X.Normamatov tomonidan Pensiya jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi xodimlari xizmat faoliyati davomida shaxsiy manfaati yo‘lida noqonuniy harakatlarni amalga oshirmasliklari hamda korrupsiyaga qarshi murosasizlik bilan kurashish va uning oldini olishi maqsadida tushuntirish ishlar olib borilmoqda.