11.02.2023
# Hokimlik yangiliklari
167 marta o'qildi
Murojaat va ijro  Kuni kecha tuman hokimi Abduqodir Donayev mas'ullar ishtirokida asosiy yo‘l chetida joylashgan ijtimoiy obyektlar, savdo do‘konlari, yangi qurilayotgan obyektlar, yo‘l yuzida yashovchi aholi maskanlarini piyoda yurgan holda ko‘zdan kechirish jarayonida A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan Marvarid ko'chasi ta'mirtalab holatda ekanligi bildirilib yo'llagan murojaatlari shu vaqtning o'zida mas'ullarga yo'naltirilgan edi.
Mazkur murojaat qisqa fursatlarda Sariosiyo tuman Yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bartaraf etilib Marvarid ko'chasiga shag'al yotqizildi.
Ko'proq o'qish
11.02.2023
# Hokimlik yangiliklari
94 marta o'qildi
Murojaat va ijro  Sariosiyo tuman hokimi A.Donayevning shanba kuni bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulida Shoxjahon mahallasida istiqomat qiluvchi Qosimov Turobjon tomonidan mahallaning ichki ko‘chalarini toshlash bo‘yicha qilgan murojaati
Sariosiyo tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan nazoratga olinib tuman hokimining topshirig‘iga asosan mahallaning ichki yo‘llarida toshlash ishlari amalga oshirildi.
Ko'proq o'qish
11.02.2023
# Hokimlik yangiliklari
104 marta o'qildi
Tuman hokimi tog‘li hududda joylashgan mahalla fuqarolari bilan uchrashdi  Bugun 11 fevral kuni tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman prokurori N.Azizov, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Surxondaryo viloyati boshlig‘i va tumanda tashkil etilgan ishchi guruh bilan birgalikda tog‘li hududda istiqomat qilayotgan aholi vakillari bilan uchrashdi.
Unda tumandagi tog‘li hududda joylashgan “Subxidam” mahallasi “Xubon” qishlog‘ida joylashgan 4 ta xavfli hududlarda yashayotgan xonadonlarni xavfsiz hududlarga doimiy ko‘chirish choralarini ko‘rish maqs...
Ko'proq o'qish
11.02.2023
# Hokimlik yangiliklari
98 marta o'qildi
Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi  Bugun, 11 fevral kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirasi Oydin Jo‘rabekova, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Qabulda moddiy yordam, ichimlik suvi, elektr energiya, gaz, ichki yo'llarni ta'mirlash, bandlik, ijtimoiy himoya, kredit, uy-joy va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 90 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Ba'zi masalalar shu...
Ko'proq o'qish
11.02.2023
# Hokimlik yangiliklari
102 marta o'qildi
Abduqodir Donayev 2023 yilgi paxta-g‘alla hosilini yuqori sentnerga olish maqsadida fermer xo‘jaligi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi  Bugun 11 fevral kuni erta tongda tuman hokimi A.Donayev, tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari S.Qurbonov, mas’ul xodimlar va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda eng avvalo 2023 yilgi paxta-g‘alla hosilini yuqori sentnerda olish masalasi bo‘yicha fermer xo‘jaligi rahbarlari va mas’ullarga tumandagi bor imkoniyatni ishga solgan holda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatild...
Ko'proq o'qish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?