Bugun, 13-fevral kuni tumani hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimi Abduqodir Donayev, Xalq qabulxonasi mudirasi Oydin Jo‘rabekova, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul davomida, tibbiy xizmat va elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ichimlik suvi, ijtimoiy himoya kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 57 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.